payshanba kuni "Yoshlar kuni"
2026-06-05 09:00:00 / Yangiliklar

Ma’lumki, yurtimizda Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni "Yoshlar kuni" sifatida o‘tib, unda navqiron yigit-qizlar, talabalar, sportchilar bilan joylarda uchrashuvlar, davra suhbatlari hamda yuzma-yuz muloqotlar tashkil etish tizimli yo‘lga qo‘yildi
Bu tashabbus yoshlar bilan ishlash tizimini yangicha bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim yondashuvlardan biri sifatida baholanmoqda. Har payshanba kuni “Yoshlar kuni” doirasida hududlarda rahbarlar, mutaxassislar va tegishli tashkilotlar tomonidan yoshlar bilan bevosita muloqot o‘tkazilishi bir nechta maqsadni ko‘zlaydi.
Avvalo, bu orqali yoshlarning muammo va takliflari joyida eshitilib, ularni tezkor hal etish imkoniyati yaratiladi. Ikkinchidan, ta’lim, bandlik, tadbirkorlik, sport va madaniyat sohalarida yoshlar uchun yangi imkoniyatlar haqida tushuntirish ishlari olib boriladi. Shuningdek, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish ham asosiy yo‘nalishlardan hisoblanadi.
✍️ Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
