100 dan ortiq kompyuter jamlamalari topshirildi
2026-06-04 15:50:00 / Yangiliklar
Joriy yil davomida sohaga oid amalga oshirilgan islohotlar o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.

«Yangi Angren» madaniyat va sport majmuasida «Rahbarlar va tibbiyot xodimlari uchrashuvi» bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida tibbiyot muassasalariga 100 dan ortiq kompyuter jamlamalari topshirildi. Joriy yil davomida sohaga oid amalga oshirilgan islohotlar o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. 👉Batafsil
✍️ Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
