Bir guruh tibbiyotchilarimiz Moskva viloyatiga jo‘nab ketdi
2026-05-26 08:00:00 / Yangiliklar

Bir guruh tibbiyotchilarimiz Moskva viloyatiga jo‘nab ketdi
Ular joriy yilning 27–28 may kunlari bo‘lib o‘tadigan “Podmoskovnыye vstrechi. U istokov jizni” nomli perinatal tibbiyot bo‘yicha III Moskva viloyati xalqaro kongressida ishtirok etadi.
Tadbir doirasida yirik tibbiyot tashkilotlari bilan Nurafshon shahrida tashkil etilayotgan tibbiyot klasteri uchun mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha memorandumlar imzolash reja qilingan. Shuningdek, kelgusida Toshkent viloyatida hamkorlikda xalqaro konferensiya o‘tkazilishi masalalari ham muhokama qilinadi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, ayni vaqtda Moskva viloyatida malaka oshirayotgan, viloyat tug‘ruq muassasalarida faoliyat yurituvchi neonatolog va akusher-ginekologlardan iborat yana bir guruh mutaxassislari ham mazkur kongressda qatnashadi.
Аngren shahar hokimligi Axborot xizmati
