"Oilamiz - kelajagimiz" oyligi doirasida
2026-05-24 14:40:00 / Yangiliklar

"Oilamiz - kelajagimiz" oyligi doirasida
"Yosh oila maktabi"ning o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Tadbirda Angren shahar hokim o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Abduraxmonova, "Oqila ayollar harakati" rahbari M.Saynazarova, “Buvijonlar maktabi” rahbari R.Xanayeva hamda Angren shahar Obliq jome masjidi imom-xotibi N.Kushbayev ishtirok etdilar.
Mashg‘ulot davomida oila qurish arafasida turgan 34 nafar yoshlar bilan samimiy muloqotlar tashkil etildi.
Mutaxassislar tomonidan yoshlarni mustahkam oila qurishga tayyorlash, oilada o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, sabr-toqat, mas’uliyat va oilaviy qadriyatlarning ahamiyati haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, baxtiyor va mustahkam oilaning sir-asrorlari, er-xotin o‘rtasidagi hamjihatlik, farzand tarbiyasidagi mas’uliyat hamda oiladagi sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish masalalari yuzasidan qiziqarli ma’ruzalar tinglandi.
Tadbir ishtirokchilarga kelgusidagi oilaviy hayot uchun foydali tavsiya va ko‘nikmalar berishga xizmat qildi.
Аngren shahar hokimligi Axborot xizmati
