Tashrif doirasida
2026-05-24 11:10:00 / Yangiliklar
Angren shahar hokimi Alisher Rayimov hamda shahar hokimining o‘rinbosari Jasur Zayniddinov Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Xabar berganimizdek, Angren shahar hokimi Alisher Rayimov hamda shahar hokimining o‘rinbosari Jasur Zayniddinov Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari qator muhim uchrashuvlarda ishtirok etib, sanoat, investisiya va iqtisodiy hamkorlik yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuvlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, yangi investisiya loyihalarini jalb etish hamda Angren shahrida zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvlar XXR OAV orqali keng yoritildi
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
