Angren shahar hokimi amaliyotchi talabalar bilan uchrashdi
2026-05-14 15:40:00 / Yangiliklar
Angren shahar hokimi Alisher Rayimov, shahar prokurori Allayor Xayriddinov, hokim o‘rinbosari Azizbek Parpiyevlar Toshkent MGQEsida amaliyot o‘tayotgan talabalar bilan uchrashib, ularning amaliy faoliyati va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Dastlab hokim talabalarning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha amaliyot olib borayotgan ish jarayonlari tashkil etilgan hududga tashrif buyurib, ishlab chiqarishdagi jarayonlar, texnika xavfsizligi hamda amaliy mashg‘ulotlarning borishi bilan tanishdi. Talabalar bilan samimiy muloqot davomida ularning olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlashi, sohaga bo‘lgan qiziqishi va kelgusidagi rejalari haqida suhbat olib borildi.
Shundan so‘ng geologiya-qidiruv sohasi, ishlab chiqarish jarayonlari hamda amaliyot faoliyatiga oid videolavhalar namoyish etildi.
Uchrashuv davomida amaliyotchi talabalar o‘z fikr-mulohazalari, takliflari va mavjud muammolari bilan o‘rtoqlashdi. Bildirilgan masalalar yuzasidan mutasaddilar tomonidan tegishli fikr va tavsiyalar berildi.
✍️ Angren shahar hokimligi Axborot xizmati