“Oilamiz — kelajagimiz” oyligi o‘tkazilmoqda
2026-05-14 14:35:00 / Yangiliklar

Ma’lumki, joriy yilning may oyida “Oilamiz — kelajagimiz” oyligi o‘tkazilmoqda. Ushbu oylikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribasini ommalashtirish, yoshlarni oilaviy hayotga mas’uliyat bilan tayyorlash hamda jamiyatda oila muqaddasligiga bo‘lgan munosabatni yanada yuksaltirishdan iborat.
Tadbirda shahar hokimining o‘rinbosari M. Abduraxmonova, shahar IIB mas’ul vakili F. Matibragimova, “Oqila ayollar harakati” rahbari M. Saynazarova, “Buvijonlar maktabi” rahbari R. Xanayeva, mahalla raisi hamda xotin-qizlar faoli ishtirok etdi. Ular maktabning yuqori sinf o‘quvchilari va muddatidan oldin talaba bo‘lgan qizlar bilan yuzma-yuz muloqot olib bordilar.
✍️ Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
