Tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot
2026-05-13 16:35:00 / Yangiliklar

Tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot
"Yangi Angren" madaniyat va sport majmuasi zalida shahar hokimi A.Rayimov, shahar prokurori A.Xayridinov, DXX shahar bo‘limi, IIB boshlig‘i A.Mirkhodjayev, Soliq inspeksiyasi boshlig‘i B.Shomirzayev, FVB boshlig‘i A.Mamajonov, ishtirokida “Angren shahar dehqon bozori” MCHJda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Ochiq muloqot davomida bozor hududida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash dolzarb vazifa ekanligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, so‘nggi vaqtlarda respublikamiz hududidagi bozorlarda sodir bo‘layotgan yong‘inlar oqibatida yetkazilayotgan zararlar hamda yong‘in kelib chiqish sabablari tahlil qilinib, videolavhalar misolida tadbirkorlarga tushuntirish ishlari olib borildi.
Muloqot davomida tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
✍️ Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
