BRZda stol tennisi, shaxmat va shashka bo‘yicha sport turnirlari bo‘lib o‘tdi
2026-05-13 18:55:00 / Yangiliklar

🌐 BRZda stol tennisi, shaxmat va shashka bo‘yicha sport turnirlari bo‘lib o‘tdi
Kimyogarlar kuni kasb bayrami munosabati bilan, shuningdek “Muvozanat formulasi” korporativ dasturi doirasida, kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda BRZ korxonasida erkaklar o‘rtasida stol tennisi va shaxmat, hamda ayollar o‘rtasida shashka musobaqalari tashkil etildi.
Tadbirlar do‘stona raqobat, sport ruhi va ijobiy kayfiyat muhitida bo‘lib o‘tdi. Korxona xodimlari yuqori tayyorgarlik darajasi, g‘alabaga intilishi va ko‘tarinki ruhini namoyish etdilar.
🏓 Erkaklar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha g‘oliblar:
🥇 1-o‘rin — Aminov Anvar, bosh energetik.
🥈 2-o‘rin — Usarboev Abbos, foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutaxassis.
🥉 3-o‘rin — Sharafidinov Karomatillo, moliyaviy tahlilchi.
♟ Erkaklar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha g‘oliblar:
🥇 1-o‘rin — Polatov Abdujabor Abduqahhorovich, nasos stansiyalari guruhi rahbari.
🥈 2-o‘rin — Ilxomov Azizjon, shina va konveyer lentalarini konstruksiyalash guruhi rahbari.
🥉 3-o‘rin — Kuranbaev Abror Madamin o‘g‘li, spetsifikatsiya va me’yorlash bo‘yicha muhandis.
🏅 4-o‘rin — Abdivaxobov Firuz Toxirjonovich, yong‘in signalizatsiyasi muhandisi.
♟ Ayollar o‘rtasida shashka bo‘yicha g‘oliblar:
🥇 1-o‘rin — Sadikova Oltinoy Alimjanovna, sifat va texnologiya bo‘limi laboratoriya rahbari.
🥈 2-o‘rin — Abdaliyeva Mushtariy Murodjon qizi, bosh mexanik xizmati omborchisi.
🥉 3-o‘rin — Tursunkulova Shaxlo Mirzavali qizi, bosh energetik xizmati kompressor mashinisti.
G‘oliblarni munosib natijalari bilan tabriklaymiz va barcha ishtirokchilarga faolligi hamda korxona hayotidagi ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiramiz!
✅ Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqalar g‘oliblariga “Formula balansa” dasturi doirasida 3 ball beriladi.
Faol bo‘ling, korporativ tadbirlarda ishtirok eting, ball to‘plang va hamkasblaringizga o‘rnak bo‘ling!
✍️ Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
