Оbodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
2026-05-13 14:50:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputati Otabek Qaxramonov, Kotibiyat bosh mutaxassislari hamda mahalla raisi ishtirokida “Taraqqiyot” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 49 ta ko‘p qavatli uylarning atrofi, kirish qismlaridagi zamonaviy o‘rindiqlar, podyezdlar hamda bolalar o‘yingohlarini zamonaviy qiyofaga keltirish yuzasidan amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida hududda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari va umumiy foydalanish hududlarini tartibga keltirish, zamonaviy o‘rindiqlar o‘rnatish, podyezdlarni ta’mirlash hamda bolalar maydonchalarini xavfsiz va zamonaviy ko‘rinishda tashkil etish ishlari joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, obodonlashtirish jarayonlarining borishi hamda belgilangan loyihalarning ijrosi yuzasidan mas’ullar bilan atroflicha muhokamalar olib borildi.
Shuningdek, deputat tomonidan mahalla aholisi bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bo‘yicha fuqarolarning fikr va mulohazalari tinglandi. Suhbat davomida aholi tomonidan hududda yaratilayotgan qulayliklar, obodonlashtirish ishlari, bolalar uchun zamonaviy o‘yingohlar hamda ko‘p qavatli uylar atrofining yangicha qiyofaga keltirilayotganidan mamnun ekanliklari bildirildi.
Yakunda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholiga qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
✍️ Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
