“Burch, jasorat, matonat” ezgu g‘oyasini o‘zida mujassam etgan tantanali tadbir
2026-05-08 12:25:00 / Yangiliklar
Bugun Angren shahrida 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Burch, jasorat, matonat” ezgu g‘oyasini o‘zida mujassam etgan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
“9 may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Angren shahar hokimi Alisher Rayimov boshchiligida DXX shahar bo‘limi boshlig‘i, shahar prokurori Allayor Xayriddinov, shahar IIB boshlig‘i Azimjon Mirxodjayev, shuningdek, 42219-harbiy qism, shahar FVB hamda qator korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari va faollari ishtirok etdilar.
Tadbirga Angren shahrida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi faxriylari — Mariya Ovasapova, Roza Jannazarova, Elvira Yakmenko, shuningdek, nuroniylar va yoshlar taklif etildi.
✍️ Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
