"RAHBARLAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI"DA: kutilmagan keskin savollar bo‘ldi, javoblar esa o‘tkir, aniq va ochiq yangradi
2026-05-07 13:25:00 / Yangiliklar

"RAHBARLAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI"DA: kutilmagan keskin savollar bo‘ldi, javoblar esa o‘tkir, aniq va ochiq yangradi
Bugun Jahon tillari universiteti Angren shahar filialida payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Rahbarlar va yoshlar uchrashuvi” doirasida ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda shahar hokimi Alisher Rayimov, DXX Angren shahar bo‘limi boshlig‘i hamda shahar prokurori A. Xayriddinov, shahar IIB boshlig‘i A.Mirxodjayev, Soliq inspeksiyasi boshlig‘i B. Shomirzayev, hokim o‘rinbosari M. Abduraxmonova, shuningdek, mas’ul tashkilot rahbarlari talaba-yoshlar bilan uchrashdilar.
Uchrashuv avvalida shahar hokimi Alisher Rayimov so‘zga chiqib, yurtimizda, jumladan Angren shahrida yoshlarning sifatli ta’lim olishi, bandligini ta’minlashda dual ta’limning afzalliklari, tadbirkorlikni rivojlantirish, xorijda o‘qish imkoniyatlari, zamonaviy kasblar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida so‘z yuritdi.
✍️ Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
