ANGRENDA SAYYOR QABUL: MA’NAVIYAT — USTUVOR YO‘NALISH
2026-05-05 09:10:00 / Yangiliklar

Angren shahrida aholi, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojlarini o‘rganish va ijtimoiy masalalariga yechim topish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.
Tadbirda 250 nafardan ortiq ishtirokchining ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida urg‘u berildi.
Qabul jarayonida Angren shahar hokimi Alisher Rayimov, Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Zarifa Eraliyeva, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Salim Anarboyev,, "Nuroniy" jamg‘armazi shahar bo‘limi raisi Esonali Karabayevlar yozhlar, maʼnaviyʼt va madaniyat sohalari egalari bilan uchrʼshdilar.
Muloqotlar davomida jamiyatda ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish va yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish borasidagi murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Bildirilgan har bir taklif va tashabbus mutasaddilar tomonidan ma’qullanib, ularni hayotga tatbiq etish yuzasidan aniq choralar belgilandi.
✍️ Angren shahar hokimligi xizmati
