Rasmiy bayonot
2026-04-24 12:05:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Angren shahrida ikki nafar shaxs pichoqlanganligi oqibatida vafot etganligi yuzasidan xabar tarqaldi.

Rasmiy bayonot
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Angren shahrida ikki nafar shaxs pichoqlanganligi oqibatida vafot etganligi yuzasidan xabar tarqaldi.
Aniqlanishicha, 2026 yil 22 aprel kuni Angren shahrida bir necha shaxslar o‘rtasida kelib chiqqan og‘zaki janjal davomida ulardan biri oshxona pichog‘i bilan ikki nafar jabrlanuvchiga xayot uchun xavfli bo‘lgan jarohatlar yetkazgan holda qasddan o‘ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jabrlanuvchilarga pichoq bilan tan jarohati yetkazishda gumonlanayotgan shaxs prosessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
