Angren shahrida mini-futbol sport turi bo‘yicha DXX kubogi qizg‘in pallaga kirdi. Musobaqaning hal qiluvchi bosqichlariga yetib kelgan jamoalar o‘rtasidagi bahslar tobora keskin tus olmoqda.
2026-04-22 13:10:00 / Yangiliklar
Angren shahrida mini-futbol sport turi bo‘yicha DXX kubogi qizg‘in pallaga kirdi. Musobaqaning hal qiluvchi bosqichlariga yetib kelgan jamoalar o‘rtasidagi bahslar tobora keskin tus olmoqda.
Yarim final uchrashuvlari yakuniga ko‘ra, final yo‘llanmasini Namuna hamda Hakkarman Yangi Jigariston mahallalari qo‘lga kiritdi. Endilikda ushbu jamoalar bosh sovrin uchun o‘zaro kuch sinashadi.
Shuningdek, uchinchi o‘rin uchun Samarchuq va Bobotog‘ mahallalari o‘rtasida murosasiz bahs bo‘lib o‘tadi.
Musobaqaning final uchrashuvlari sport ixlosmandlari uchun haqiqiy bayramga aylanishi kutilmoqda.
Sportning mini-futbol turi bo‘yicha ushbu turnir mahallalar o‘rtasida do‘stlik, jipslik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
