“Oilalar mustahkamligini kafolatlaylik!”
2026-04-22 18:10:00 / Yangiliklar

“Oilalar mustahkamligini kafolatlaylik!” aksiyasi doirasida Angren shahridagi “Mirzo Ulug‘bek” mahallasida o‘tkazilgan tadbirda Angren shahar IIB boshlig‘i Azimjon Mirxodjayev so‘zga chiqdi.
U o‘z nutqida shaharda huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Shu bilan birga, sodir etilgan ayrim jinoyatlarning sabab va omillari hamda ularning barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar muhokama qilindi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga Bahodir Yalangto‘sh filmi namoyish etildi. Mazkur film orqali milliy tariximiz, jasorat va vatanparvarlik g‘oyalari targ‘ib qilinib, yoshlarda milliy qadriyatlarga hurmat va faxr tuyg‘ularini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
