“Oilalar mustahkamligini kafolatlaylik!”
2026-04-22 18:10:00 / Yangiliklar
“Oilalar mustahkamligini kafolatlaylik!” aksiyasi doirasida Angren shahridagi “Mirzo Ulug‘bek” mahallasida o‘tkazilgan tadbir ishtirokchilari “Yangi O‘zbekistonda ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasida qonunchilikni takomillashtirish va parlament nazorati”, “Ijtimoiy himoya siyosatida ayollar va bolalar xavfsizligini ta’minlash masalalari” mavzularidagi ma’ruzalarni tingladilar.
Mazkur tadbirda Robaxon Maxmudova — O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi raisi va partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodira Janibekova hamda Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputati, “Nuroniylar” jamg‘armasi Angren shahar bo‘limi boshlig‘i Esonali Karabayev ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.
Ma’ruzalarda ayollar va bolalarni har qanday zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning huquq va manfaatlarini ishonchli ta’minlash, shuningdek, ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
