SALOMATLIK – GO‘ZALLIK VA KUCH-G‘AYRAT MANBAI!
2026-04-19 11:55:00 / Yangiliklar

SALOMATLIK – GO‘ZALLIK VA KUCH-G‘AYRAT MANBAI!
Ayol sog‘lom bo‘lsa — oila baxtli, jamiyat mustahkam bo‘ladi. Bugun Angren shahrida o‘tkazilgan "Ayollar sport olimpiadasi" aynan shu ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etdi.
Musobaqaning eng hayajonli jihati ishtirokchilarning yoshida namoyon bo‘ldi. 30 yoshli yosh onalardan tortib, 80 yoshli nuroniy onaxonlarimizgacha bir safda jam bo‘lib, nafaqat g‘alaba uchun, balki salomatlik va ko‘tarinki kayfiyat uchun maydonga tushdilar. Ularning shijoati — har birimiz uchun haqiqiy motivatsiya!
🏃♀️ Bellashuvlar ikki yo‘nalishda kechdi:
1️⃣ 5 000 qadam yurish — uzoq umr va tetiklik siri;
2️⃣ 100 metrga yugurish — iroda va chaqqonlik sinovi.
G‘oliblik shohsupasi:
"Taraqqiyot" MFY – mutloq g‘olib;
"Dorilfunun" MFY – faxrli 2-o‘rin;
"8-mart" MFY – uchinchi o‘rin sohibi.
G‘oliblarga shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan esdalik sovg‘alari va diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Biroq bugun barcha ishtirokchilar g‘olib — chunki ular o‘z salomatliklari uchun eng muhim qadamni tashladilar.
Tadbir shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda 1-sonli sport maktabi hamkorligida tashkil etildi.
