“OKMK SEMURG” – SHARQ MINTAQASI PESHQADAMI!
2026-04-19 10:55:00 / Yangiliklar
⚽️ “OKMK SEMURG” – SHARQ MINTAQASI PESHQADAMI!
OKMK Semurg jamoasi yana bir yorqin g‘alaba bilan muxlislarni quvontirdi!
O‘zbekiston Uzbekistan First League 2-turi doirasida angrenliklar safarda Lokomotiv Tashkent ustidan ishonchli g‘alabaga erishib, navbatdagi muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan shiddatli va gollarga boy bahsda jamoamiz 5:3 hisobida ustun keldi. Uchrashuv davomida futbolchilarimiz yuqori tezlik, jamoaviy o‘yin va golga bo‘lgan chanqoqlikni namoyish etib, muxlislar ishonchini to‘la oqladi.
Ushbu natijadan so‘ng OKMK Semurg turnir jadvalida Sharq mintaqasi peshqadamiga aylandi. Bu esa jamoaning mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rgani va yuqori sport formasida ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
Gʻalaba muborak, Angren! 🏆
