Sohibqiron ruhi Nurafshonda: Angren yoshlari shohsupada!
2026-04-17 15:55:00 / Yangiliklar

🛡 Sohibqiron ruhi Nurafshonda: Angren yoshlari shohsupada!
Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Nurafshon shahridagi "Vatanparvar" bog‘ida ma’naviy-ma’rifiy va sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi tashabbusi bilan o‘tgan tadbirda Angren shahri vakillari munosib ishtirok etishdi:
🎨 Rassomlik: Jonibekova Sevinch Umidjon qizi (3-son texnikum);
📜 "Temur o‘gitlari" bilimdoni: Qurbonboyeva Gulshoda Dilshod qizi (43-maktab);
♟ Shaxmat: Hikmatillayev Jamshid Hayot o‘g‘li (36-maktab).
Shuningdek, yoshlarimiz kamondan o‘q otish va boshqa yo‘nalishlarda ham o‘z mahoratlarini ko‘rsatishdi. Shahrimiz sharafini munosib himoya qilgan barcha yoshlarimizga zafarlar yor bo‘lsin!
