Angren shahrida DXX kubogi doirasida mahallalar o‘rtasida mini futbol musobaqalari qizg‘in ruhda davom etmoqda.
2026-04-17 13:40:00 / Yangiliklar

Angren shahrida DXX kubogi doirasida mahallalar o‘rtasida mini futbol musobaqalari qizg‘in ruhda davom etmoqda.
Mazkur sport tadbiri hudud aholisi, ayniqsa yoshlar uchun haqiqiy sport bayramiga aylanib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mahallalar jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlar murosasiz va shiddatli kechib, har bir o‘yinda g‘alabaga bo‘lgan intilish, jamoaviylik va sportga bo‘lgan muhabbat yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Musobaqalar davomida iqtidorli yosh futbolchilar aniqlanib, ularni qo‘llab-quvvatlash va kelgusida yuqori bosqichlarga olib chiqish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Shu tariqa, ushbu musobaqalar nafaqat sport, balki mahallalar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda.
