HOKIM TIBBIYOT SOHASINI O‘RGANDI
2026-04-07 11:00:00 / Yangiliklar

HOKIM TIBBIYOT SOHASINI O‘RGANDI
Angren shahrida tibbiyot sohasini rivojlantirish va aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Xususan, Angren shahrida tibbiy xizmat sifatini oshirish, muassasalardagi mavjud muammolarni joyida o‘rganish va hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda shahar hokimi Alisher Rayimov boshchiligida ijtimoiy soha ob’yektlari o‘rganildi. Unda hokim o‘rinbosarlari Azizbek Parpiyev, Mavluda Abduraxmonova, shuningdek Mahallalar uyushmasi shahar bo‘limi boshlig‘i Ziyodilla Xodjimatov va shahar tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Furqat Imanov ishtirok etdi.
O‘rganishlar doirasida “Taraqqiyot” mahallasida joylashgan 3-oilaviy poliklinika 2/2 dahasi filiali faoliyati ko‘zdan kechirildi. Shahar hokimi dastlab muassasada aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, shifokor va hamshiralar bilan ochiq muloqot qildi.
Uchrashuv davomida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash
mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish fuqarolarning tibbiy savodxonligini oshirish kabi muhim vazifalar belgilab berildi.
✍️ Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
