Amerikalik mutaxassislar Angrenda!
2026-04-07 08:55:00 / Yangiliklar
Bugungi kunda O‘zbekistonda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan AQSH mutaxassislari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.

Mazkur hamkorlik doirasida reabilitolog, fizioterapevt va ergoterapevt kabi mutaxassis kadrlarni tayyorlash uchun zamonaviy o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda amaliy yordam ko‘rsatish ko‘zda tutilgan. Shu maqsadda Amerikalik mutaxassislar O‘zbekistonga tashrif buyurishdi.
Jumladan, Toshkent viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markaziga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida mutaxassislar markazdagi tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya jarayonlari bilan yaqindan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlarga baho berishdi.
Shuningdek, ular sohani yanada takomillashtirish, xalqaro tajribalarni joriy etish va mutaxassislar salohiyatini oshirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
