ANGREN YOSHLARI XALQARO MUSOBAQADA QATNASHDILAR
2026-04-06 19:50:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 2–6 aprel kunlari Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahrida milliy sportimiz – "O‘zbek jang san’ati" bo‘yicha Osiyo chempionati yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 2–6 aprel kunlari Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahrida milliy sportimiz – "O‘zbek jang san’ati" bo‘yicha Osiyo chempionati yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli musobaqada shahrimiz sharafini munosib himoya qilgan “Qahramon” sport klubi o‘quvchisi Charos Babanova yuksak mahorat va matonat namoyon etib, barcha raqibalarini mag‘lub etdi hamda faxrli 1-o‘rinni egallab, Osiyo chempioni degan yuksak unvonga sazovor bo‘ldi.
Ushbu yorqin g‘alaba nafaqat sportchimiz, balki butun shahrimiz ahli uchun katta iftixor manbaidir.
