Sahar hokimi olimpiadasi
2026-04-05 09:35:00 / Yangiliklar

Angren shahar sport maktabida shahar hokimi olimpiadasi doirasida gimnastika bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur sport tadbiri yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlash maqsadida tashkil etildi.
Musobaqalarda shahardagi umumta’lim maktablari hamda sport maktablaridan kelgan o‘quvchi-yoshlar faol ishtirok etdilar.
Ishtirokchilar o‘z chiqishlari orqali gimnastika sport turiga xos nafislik, epchillik va yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarlikni namoyon etdilar.
Bellashuvlar davomida har bir ishtirokchi o‘z ustunligini ko‘rsatishga intilib, chiqishlar qizg‘in va murosasiz ruhda kechdi.
Tadbir davomida Angren shahar Hokimi Rayimov Alisher Abdumalikovich yosh sportchilar bilan suhbatlashib, ularning sportga bo‘lgan qiziqishi va erishayotgan natijalarini alohida e’tirof etdi hamda kelgusidagi musobaqalarda ularga omad tiladi.
Musobaqa yakunida eng yaxshi natijalarni qayd etgan sportchilar aniqlanib, ular keyingi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.
1 o’rin Radjabova Milena
2 o’rin Tiktagulova Safiya
3 orin Pardayeva Dilnura
