Toshkent viloyatida sport sinovlari keng ko‘lamda tashkil etilmoqda
2026-04-04 11:30:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyatida sport sinovlari keng ko‘lamda tashkil etilmoqda
Jumladan, Angren shahri Mustaqillik MFY hududida joylashgan 21-son umumta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash” sport sinovlari tizimli ravishda o‘tkazilmoqda.
Mazkur jarayon davomida yoshlarning jismoniy salohiyati baholanib, ularni ommaviy sportga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Sinovlar davomida o‘quvchilarning kuchi, chaqqonligi, chidamliligi hamda umumiy jismoniy tayyorgarligi sinovdan o‘tkazilmoqda.
Natijalarga ko‘ra, iqtidorli yoshlar saralab olinib, sport maktablariga yo‘naltirilmoqda.
Mazkur sport sinovlari yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kelajakda yetuk sportchilarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
