Yangi O‘zbekiston talablari asosida to‘liq yangicha qiyofaga ega bo‘ljan bilim dargohi
2026-04-03 11:10:00 / Yangiliklar

Bugun mazkur ta’lim muassasasini foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ertalabdan bayramona bezatilgan maktab hovlisi o‘quvchilar, ularning ota-onalari hamda taklif etilgan mehmonlar bilan gavjum bo‘ldi.
Tadbir davomida maktabning tasviriy san’at, sport va boshqa badiiy to‘garaklari a’zolari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.
Shahar hokimi Alisher Rayimov boshchiligida hokim o‘rinbosari Azizbek Parpiyev, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbarlari hamda nuroniylar to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Yangilangan maktabda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi, iqtidor va salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. 👉Batafsil (https://telegra.ph/Yangi-Ozbekiston-talablari-asosida-toliq-yangicha-qiyofaga-ega-boljan-bilim-dargohi-04-03)
