Angren shahrida “ Yangi Angren” madaniyat va sport majmuasi
2026-03-28 12:30:00 / Yangiliklar
Angren shahrida “ Yangi Angren” madaniyat va sport majmuasining ochilish marosimi bo‘ldi Angren - ulkan imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda.
Keytngi yillarda Angren shahrida Davlatimiz rahbarining inson qadri va manfaatlariga, shuningdek, o‘sib kelayotgan yosh avlodning har jihatdan barkamol ulg‘ayishlariga qaratilgan islohotlar tatbiq etilishi natijasida hudud obodonchigi ta’minlanib, odamlarning qulay sharoitlarda farovon hayot kechirishlariga muhim omil bo‘lmoqda.
Bugun Angren shahar “Mirzo Ulug‘bek” mahallasida “Yangi Angren” madaniyat va sport majmuasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova, Madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Madjidov, Respublika ishchi guruhi a’zolari, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, viloyat prokurori Azamat Mirzayev, shahar hokimligi mas’ullari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, mahalla aholisi, nuroniylar, turli millat vakillari, milliy-madaniy markazlar faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

