Yangi O‘zbekiston qiyofasini olib kirish, chekka hududlardagi mahallalarda “Zamonaviy mahalla markazlari”ni tashkil etildi
2026-03-23 09:15:00 / Yangiliklar

Angren shahrida Yangi O‘zbekiston qiyofasi olib kirish ishlari amalga oshirilgan
og‘ir toifadagi “Ozodlik” mahallasining ochilish marosimi bo‘ldi. Davlatimiz Rahbarining mahallalarga Yangi O‘zbekiston qiyofasini olib kirish, chekka hududlardagi mahallalarda “Zamonaviy mahalla markazlari”ni tashkil etish haqidagi topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Angren shahridagi og‘ir toifaga kiritilgan “Ozodlik” mahallasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari yakunlanib, yangi ob’yektlar foydalanishga topshirildi.
Bugun ushbu mahallaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Respublika ishchi guruhi mas’ullari, shahar hokimi Alisher Rayimov, shahar prokurori Allayor Xayriddinov, IIB boshlig‘i Azimjon Mirxodjayev, shahar hokimining barcha o‘rinbosarlari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, mahalla faollari, deputatlar, nuroniy otaxonu-onaxonlar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Mahalladagi 4 ta ko‘p qavatli uyning (46 daha 1,9,10,11- uylar) oldida 3 ta sport (Workaut zona), 3 ta bolalar hamda 1 ta voleybol, basketbol maydonlari barpo etildi. Mahalla hududidagi 9 ta ko‘p qavatli uyning (46-dahadagi 1,2,3,5,6,7,9,10,11- uylar) atrofida yo‘laklar va yashil hududni chegaralovchi 850 metr bordyur, kirish yo‘laklariga 15 ta chiqindi yig‘iladigan qutilar va o‘rindiqlar o‘rnatildi.
Mahalla hududidagi 7 ta ko‘p qavatli uyning (46-dahadagi 1,2,5,6,7,9,11- uylar) hovli o‘rtasiga kitobxonlikni oshirish uchun 3 ta mini-kutubxona, 12 ta o‘rindiq, 2 ta ayvoncha, 4 ta shaxmat stol-stuli o‘rnatildi hamda piyodalar yo‘laklariga bruschatka yotqizildi. 3 ta (5,6,7 uylar) yon qismiga tabiatni asrash va ta’lim olish ishtiyoqini oshiruvchi manzara aks ettirilib, rasmlar chizildi"Ozodlik" mahallasi el-yurt farovonligi, tinchligi va osoyishtaligi uchun har jihatdan qulay sharoitga ega bo‘lgan obod va xavfsiz mahallaga aylandi. Mahallada "13-sonli mahalla huquq-tartibot maskani" qurildi. Bundan tashqari, “Ozodlik” mahallasining aholi gavjum hududlariga 170 ta real vaqtda ishlovchi zamonaviy videokuzatuv kameralar o‘rnatildi. Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida 55 ta ko‘cha chiroqlari hamda ko‘p qavatli uylarga "tashvish tugma"lari o‘rnatildi. Tadbir qatnashchilari shahar hokimi, Respublika ishchi guruhi mas’ullari, nuroniylar va mahalla faollari ko‘p qavatli uylarning hozirgi holatini va aholi xavfsiziligini ta’minlashga xizmat qiluvchi o‘rnatilgan qurilmalarni joyiga chiqib ko‘zdan kechirdilar. Shuningdek, amalga oshirilgan keng ko‘lamli obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari hamda bolalar o‘yingohi va unda yaratilgan qulay shart-sharoitlar bilan ham tanishdilar. Angren shahrida “Ozodlik” mahallasida 2025-yil sentyabr-2026-yil yanvar oylari davomida amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijasida mahalla yangicha qiyofa aks etdi.
Mazkur ishlar Respublika ishchi guruhi tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar, Toshkent viloyati hokimligi hamda Angren shahar hokimligi , prokuratura, ichki ishlar organlari, soliq inspeksiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Ma’lumot uchun:
Respublika ishchi guruhi tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar hamda Toshkent viloyati hokimligi va prokuraturasi bilan birgalikda 2025 yil noyabr - 2026 yil yanvar oylarida Angren shahrida og‘ir toifadagi “Ozodlik” mahallasida infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy soha ob’yektlari faoliyatini samarali tashkil etish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari amalga oshirildi.
Maqsad – Davlatimiz Rahbarining mahallalarga Yangi O‘zbekiston qiyofasini olib kirish, chekka hududlardagi mahallalarda “Zamonaviy mahalla markazlari”ni tashkil etish haqidagi tashabbuslarini Angren shahardagi og‘ir toifadagi “Ozodlik” mahallasiga joriy etish.
Ma’lumot uchun: “Ozodlik” mahallasida 1 468 ta xonadonda 1 621 ta oila va 4 854 nafar aholi istiqomat qiladi,
