NISHBOSH KO‘MIR KONI VA XITOYNING HENAN INVEST GROUP KOMPANIYASI BILAN HAMKORLIK YO‘LGA QO‘YILDI
2026-03-11 15:35:00 / Yangiliklar

NISHBOSH KO‘MIR KONI VA XITOYNING HENAN INVEST GROUP KOMPANIYASI BILAN HAMKORLIK YO‘LGA QO‘YILDI
Angren shahar 3-son texnikumi tomonidan Nishbosh ko‘mir koni hamda Xitoy Xalq Respublikasining Henan Invest Group kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — texnikum o‘quvchilarining nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ularni zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish hamda sanoat sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashdan iborat.
Hamkorlik doirasida o‘quvchilar uchun ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o‘tash, ilg‘or texnologiyalar bilan tanishish va real ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita ishtirok etish imkoniyatlari yaratiladi.
Shuningdek, ushbu hamkorlik ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, yoshlarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda hudud sanoati uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
