“Angren IES” AJda ayollarga yuksak ehtirom ko‘rsatildi
2026-03-09 10:05:00 / Yangiliklar

“Angren IES” AJda ayollarga yuksak ehtirom ko‘rsatildi
“Angren IES” AJda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan korxonada mehnat qilayotgan ayollarga alohida e’tibor va yuksak ehtirom ko‘rsatildi. Kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan ayol xodimalar uchun Yangabad tog‘li hududiga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ayollar Yangabadning go‘zal tog‘ yonbag‘rida bo‘lib, bahorning musaffo havosi va tabiatning betakror manzaralaridan bahra oldilar. Tog‘li hududning sof va toza havosi barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Tadbir doirasida ayollar uchun psixologik trening ham tashkil etilib, unda ishtirokchilar ruhiy hordiq chiqarib, o‘zaro samimiy muloqot qilishdi hamda foydali tavsiyalar oldilar.
Shuningdek, muborak Ramazon oyi munosabati bilan sayohat davomida iftorlik dasturxoni yozildi. Yangabad tog‘ bag‘rida, musaffo havoda tashkil etilgan iftorlik ayol xodimalarga unutilmas taassurotlar ulashdi.
Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik ayollarga bo‘lgan hurmat va ehtiromning yana bir ifodasidir
