TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV BO‘LDI
2026-02-25 12:45:00 / Yangiliklar

TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV BO‘LDI
Ma’lumki, Angren shahar hokimligi, Respublika va viloyat ishchi guruhlari tomonidan tadbirkorlar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar bilan ochiq muloqot uchrashuvlari o‘tkazilmoqda
Bugun "Mustaqillik‘" mahallasida 4-umumtaʼlim maktab binosida navbatdagi uchrashuv bo‘ldi.
Respublika ishchi guruhi mas’ullari, viloyat hokimligi, idora va boshqarmalar
Davlatimiz rvhbarining Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda Xavfsizlik kengashining yig‘ilishida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo’yicha belgilab berilgan vazifalarning mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirib berildi.
Ochiq muloqot davomida tadbirkorlar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan imkoniyatlar va imtiyozlar to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berildi.
Tadbirkorlar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan imkoniyatlar va imtiyozlar, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan mavjud muammolar eshitilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq choralar belgiland.
Shahrimizdagi mavjud imkoniyatLar va yangi loyihalar, shuningdek, bo‘sh turgan bino-inshootlar va zaxiradagi yer uchastkalari bilan tanishtirildi.
Tadbirda Respublika ishchi guruhi aʼzolari, Toshkent viloyati boshqarmalar rahbarlari va masʼullari, Angren shahar hokimining o‘rinbosari Jasur Zayniddinov, OʼzLiDeP partiya apparati rahbari M. Narbayeva va boshqalar qatnashdilar va hududda sanoat ishlab chiqarish, mahalliy va xorijiy investision loyihalar tatbiq etmshda bir qator imtiyozlar xususida ma’lumot berdilar
