“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” — amaliy yechimlar va real natijalar
2026-02-18 15:50:00 / Yangiliklar

“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” — amaliy yechimlar va real natijalar
Angren shahar " Abu Ali Ibn Sino" nomidaagi jamoat salomatligi texnikumida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Angren shahar hokimi Alisher Rayimov, shahar prokurori Allayor Xayridinov, IIB boshlig‘i Azimjon Mirxodjayev, Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Bekzod Shomirzayev, shahar hokimi o‘rinbosari Mavluda Abduraxmonova, Kambag‘allikni qisqartirish va andlik bo‘limi rahbari Lutfulla Xashimov, Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi boshlig‘i Elyor Uralov hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi shahar bo‘linmasi rahbari A.Shaxanovlar ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari individual tartibda o‘rganildi. ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga kontrakt to‘lovlari qoplab berildi va sertifikatlar topshirildi.
Ishsiz yoshlarning bandligi ta’minlanib, yangi ish o‘rinlariga yo‘naltirildi.
Faol va tashabbuskor yoshlarning taklif hamda g‘oyalari qo‘llab-quvvatlanib, hokim tomonidan ularga keng imkoniyatlar yaratib berilishi belgilandi.
Yoshlar — kelajagimiz!
Ular bilan tizimli ishlash, qo‘llab-quvvatlash va har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish ustuvor vazifa bo‘lib qoladi,- dedi shahar hokimi Alisher Rayimov.
“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” davomida sertifikatlar va faol yoshlarga tashakkurnomalar topshirildi.
Rahbar va yoshlar uchrashuvi”da yoshlarning muammolari, qiziqishlari va takliflari tinglandi.
Ishga joylashish, ta’lim kontraktini to‘lash, "Yashil makon" loyihasi doirasida "Ekoblog" harakatini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar joyida yechimini topdi.
Tadbirda shahar IIB Probatsiya guruhi mas’uli va probatsiya hisobida bo‘lganlar ham qatnashdilar.
Probatsiya hisobida bo‘lganlarga takroriy huquqbuzarlikka qo‘l urmaslik, berilgan imkoniyatdan samarali foydalanish, to‘g‘ri yo‘ldan adashmaslik va jamiyatda faol yoshlardan bo‘lish zarurligi tushuntirildi.
