"Xavfsiz oila – barqaror oila” loyihasi
2026-02-12 13:35:00 / Yangiliklar

Angrenda “Xavfsiz oila – barqaror oila” loyihasi doirasida ijtimoiy profilaktika tadbiri o‘tkazildi
Davlatimiz rahbarining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1, PQ-2-sonli qarorlarii ijrosini ta’minlash maqsadida Angren shahrida keng qamrovli amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda Angren shahar hokimligi va shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida “Xavfsiz oila – barqaror oila” loyihasi doirasida “Xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ijtimoiy profilaktika” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbir Angren shahar “Nurchi” mahallasi hududida joylashgan 2-sonli Texnikumda o‘tkazildi.
Unda Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nilufar Normirzayeva, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining oilada huquqiy madaniyatni oshirish, ular о‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish, taz'yiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘limi boshlig‘i Shoira Sabirova, Toshkent viloyati IIBB o‘rinbosari Shahnoza Sodiqova hamda shahar mutasaddilari ishtirok etdilar.
Tadbirni Angren shahar hokimi Alisher Rayimov kirish so‘zi bilan ochib, yurtimizda oilalar mustahkamligini ta’minlash, yoshlarning ma’nan yetuk va jismonan sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishlari, zamonaviy va shinam ta’lim muassasalarida bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida to‘xtaldi. Shuningdek, shaharda Davlatimiz rahbarining PQ–1, PQ-2-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish hamda belgilangan vazifalar samaradorligini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
https://t.me/angrenhokimligi_7/178943
https://t.me/angrenhokimligi_7/178933
https://t.me/angrenhokimligi_7/178953 https://t.me/angrenhokimligi_7/178963
