Байрам кенг кўламда нишонланди
2026-01-14 17:15:00 / Yangiliklar

Qalblarga g‘urur, dillarga iftixor bag‘ishladi Bugun ertalab Angren shahar hokimligi "Istiqlol" maydoni bayramona bezatilib, harbiy texnikalar vaharbiy xizmatchilar saf tortib, bayramni nishonladilar. Davlatimiz madhiyasi va harbiy vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar ijrosi ostida boshlangan bayram tadbiri ko‘tarinkilik bilan boshlandi. Milliy armiyaning jangovar ko‘rgazmasi tashkil etilgan tadbirga shahardagi harbiy xizmatchilar, yoshlar va aholi, ta’lim muassasalari mas’ullari, mahalla raislari taklif etildil. Angren shahrida 14-yanvar - Vatan himoyachilari” kuni hamda "Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi" munosabati bilan “Milliy armiya - ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida bayram tashkil etildi.
Unda Angren shahar hokimi Alisher Rayimov, hokim o‘rinbosari Mavluda Abduraxmonova, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy qism harbiylari qatnashdilar.
Bayram munosabati bilan Angren shahar hokimi Alisher Rayimov barchani “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi” hamda “Milliy armiya - ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida keng nishonlanayotgan "14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni" bilan samimiy muborakbod etdi.
Shahar hokimi o‘z tabrigida Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga Murojaatnomasi hamda "O‘zbekiston - 2030" startegiyasining mazmun-mohiyati va jamiyat hayotidagi ahamiyati xususida so‘z yuritdi. Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan Siz azizlarning mardlik, jasorat va sadoqatingiz barchamiz uchun faxr va iftixordir. Bugungi tinch va osoyishta hayotimiz, farzandlarimizning yorug‘ kelajagi aynan Sizlarning sa’y-harakatlaringiz samarasi ekanini chuqur anglaymiz
...
- dedi shahar hokimi Alisher Rayimov o'z tabrigida
👉Batafsil (https://telegra.ph/Angren-shahar-hokimi-Alisher-Rayimovning-bayram-tabrigi-01-14-2)
