Hokim fuqarolar murojaatini tingladi
2025-08-18 10:10:00 / Yangiliklar
Andijon shahar hokimligi tashabbusi bilan tashkil qilingan Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimi Elyorbek Karimov shahardagi tashkilot rahbarlari ishtirokida ochiq qabul o‘tkazdi. Unda fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari tinglandi.
Muloqot davomida ayrim masalalar joyida hal etildi, qolgan murojaatlar bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.








