ANDIJON SHAHRI HOKIMI E. KARIMOV XALQ QABULXONASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARINI O‘RGANDI
2026-06-01 17:35:00 / Yangiliklar
Andijon shahar hokimi E. Karimov Xalq qabulxonasida fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi. Qabul davomida aholi tomonidan uy-joy, bandlik, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlar sifati, infratuzilmani yaxshilash hamda ijtimoiy masalalarga oid murojaatlar tinglandi.
Har bir murojaat yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddi rahbarlarga aniq topshiriqlar berilib, ularni hal etish muddatlari belgilandi. Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar nazoratga olindi.
Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot olib borilib, aholini qiynayotgan muammolarni tizimli bartaraf etish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda hayot sifatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Andijon shahar hokimligi tomonidan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolariga tezkor va samarali yechim topish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.









