yosh sportchilarga g'alabalar yarashadi
2026-05-16 16:50:00 / Yangiliklar
Indoneziya Respublikasida zamonaviy beshkurash sport turi bo‘yicha U-17 va U-19 yosh toifalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining 16-may kungi bahslari ham sport maktabimiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Xususan, miks yo‘nalishida Andijon shahar 2-son sport maktabi tarbiyalanuvchilari Qahramonova Mehriniso hamda Muhammadamin Sultonbekov yuqori mahorat va o‘zaro hamjihatlik namoyon etib, faxrli 2-o‘rinni egallashdi va kumush medal sohiblariga aylanishdi. 🥈
Mazkur natija sportchilarimizning puxta tayyorgarligi, qat’iyati hamda murabbiylarimizning samarali mehnati samarasidir.
Sportchilarimizni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz! Sport maktabimiz uchun yana bir medal muborak bo‘lsin!



