“Xalqlar do‘stligi” sport majmuasida keng ko‘lamli sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi tadbirlar tashkil etildi.
2026-04-30 14:30:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 30-aprel kuni Andijon shahridagi 24/7 ko‘chasi hamda “Xalqlar do‘stligi” sport majmuasida rahbarlar, yoshlar, talabalar va turli tashkilotlar xodimlari ishtirokida keng ko‘lamli sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi tadbirlar tashkil etildi.
Tadbir doirasida markaziy ko‘chalar bo‘ylab velosiped sayri hamda ommaviy yurish marafoni o‘tkazildi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘rtasida workout musobaqalari tashkil etilib, jismoniy chiniqish va sog‘lom raqobat muhiti yaratildi.
Bundan tashqari, milliy va xalq o‘yinlari doirasida arqon tortish hamda tosh ko‘tarish bo‘yicha musobaqalar ham o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘z kuch va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.








