Andijon shahrida xodimlar salomatligi e’tiborda
2026-05-28 19:10:00 / Yangiliklar
Andijon shahar hokimligida faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun tizimli ravishda sog‘lomlashtirish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda bugun navbatdagi keng profilaktik tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rik jarayonida xodimlar mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazilib, ularning sog‘lig‘i chuqurlashtirilgan tarzda tahlil qilindi.
Mazkur ko’rik nafaqat xodimlar salomatligini nazorat qilish, balki ular orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ish unumdorligini oshirish va sog‘lom mehnat muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.










