Haftaning har shanba kuni "Sport Kuni"
2026-04-18 13:15:00 / Yangiliklar
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 7-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat organlari va tashkilotlarida sportni ommalashtirish bo‘yicha yangi tartib belgilandi. Unga ko‘ra, haftaning bir kuni “Sport kuni” sifatida o‘tkazilishi belgilab qo‘yildi.
Mazkur topshiriq ijrosi doirasida "Agrobank" ATB Andijon viloyat boshqarmasi hududiy filialida haftaning har shanba kuni “Sport kuni” sifatida tashkil etilmoqda.
Ushbu kunda Agrobankning barcha xodimlari “Sport kuni”ni keng targ‘ib etish va ommalashtirishda faol ishtirok etadi!
Sport kunida faol bo‘ling!
Sog‘lom turmush tarzini birgalikda qo‘llab-quvvatlaylik.








