Yoshlar doim e'tiborda
2026-04-17 17:35:00 / Yangiliklar
Kuni kecha shahrimizdagi 18-umumta’lim maktabining 3-sinf o‘quvchisi ingliz tilidan B2 darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritib, barchamiz uchun faxrli yutuqqa erishgan edi.
Bugun esa ushbu muvaffaqiyat munosib e’tirof etildi. Shahar hokimi Elyorbek Karimov o‘quvchining tahsil olayotgan maktabiga tashrif buyurib, uni samimiy muborakbod etdi hamda erishgan yutug‘i uchun munosib taqdirladi.
Uchrashuv davomida yosh iqtidor egasining intilishi, bilimga bo‘lgan qiziqishi va mehnatsevarligi alohida e’tirof etilib, bu kabi yutuqlar boshqa o‘quvchilar uchun ham munosib ibrat ekani ta’kidlandi.
Mazkur e’tibor va rag‘bat, shubhasiz, yosh avlodni ilm-fanga, xususan xorijiy tillarni chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Yurtimizda yoshlarning bilim olishi, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar samarasida ana shunday iqtidorli farzandlarimiz safi tobora kengayib bormoqda.






