Nayzaqayrag’och mahallasida tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
2026-03-11 12:05:00 / Yangiliklar
Andijon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Ulug’bek Turaqulov boshchiligida Nayzaqayrag’och mahallasida mahallalardagi hokim yordamchilari ishtirokida xonadon tomorqalaridan samarali va unumli foydalanish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminar davomida mahalladagi ayrim xonadonlarda tashkil etilgan issiqxonalar faoliyati bilan tanishilib, ularda yetishtirilayotgan mahsulotlar va erishilayotgan hosildorlik natijalari seminar ishtirokchilariga amaliy tarzda namoyish etildi.









