“Indorama” kompaniyasi bilan hamkorlikning keyingi bosqichlari belgilab olindi
2024-11-11 14:40:00 / Yangiliklar
Uchrashuv avvalida Ibrohim Abdurahmonov yurtimizda joriy yil paxtachilikda olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar hamda kelgusi yil hosili uchun hozirdanoq amaliy ishlar yo'lga qo'yilganligi borasida bir qancha ma'lumotlar berib o'tdi.
O‘z navbatida, kompaniya vakillari 2024-yilda Qashqadaryo hamda Sirdaryo viloyatlarida erishgan yutuqlari haqida batafsil so‘z yuritdi. Bundan tashqari, 2025-yilda kompaniya tomonidan paxtachilikda amalga oshiradigan ishlar ham bayon etildi. Bunda asosiysi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda ish olib borish, xorijiy g‘o‘za navlarini ekishda yangicha, ilg‘or texnologiyalarni foydalanish kompaniyaning asosiy maqsadi ekanligi hamda kelgusi yil hosili uchun 3,5 ming gektar maydonda tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy qilmoqchi ekanliklarini aytib o‘tishdi.
Shuningdek, kompaniya vakillari qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovni 2025-yil yanvar va fevral oylarida Avstraliya davlatiga kompaniya tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish uchun taklif etdi.
Yig‘ilish yakunida vazir kompaniya rivoji uchun vazirlik tomonidan vakolat doirasida ko‘mak berilishi, shuningdek, hosildorlikni oshirish maqsadida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish borasida o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi va bu boradagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berdi.