"Shimoliy hududlar uchun mo‘ljallangan aqlli issiqxonalarning texnik xususiyatlari” nomli kitob taqdimoti o‘tkazildi
2024-10-30 12:25:00 / Yangiliklar
Mazkur modellarni ishlab chiqishda Koreyaning Xalqaro meva-sabzavotchilik instituti tomonidan 9 ta davlatning 30 ta hududidagi qor qalinligi va maksimal shamol tezligi bo‘yicha 36 yillik meteorologiya ma’lumotlari batafsil tahlil qilinib, shu asosda 23 ta model tanlab olingan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, joriy yilning 29-oktyabr sanasida mazkur loyiha doirasida ishlab chiqilgan “Shimoliy hududlar uchun mo‘ljallangan aqlli issiqxonalarning texnik xususiyatlari” nomli kitob taqdimoti o‘tkazildi.
Video-konferens-aloqa shaklida o‘tgan taqdimotda vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari xodimlari hamda Koreya Xalqaro o‘simlikshunoslik instituti vakillari ishtirok etishdi.
Ushbu loyiha doirasida joriy yil yakuniga qadar Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti hududida 0,6 gektar maydonda ko‘rgazmali gidroponika issiqxonasi qurilishiga va Koreya tomonidan moliyalashtirishiga kelishildi hamda institutda mazkur standartlarga mos 5 turdagi issiqxonalar quriladi.
Shuningdek, Koreya Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va qishloq hududlarni rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda kartoshkachilikda kadrlar salohiyatini oshirish va ilmiy tadqiqotlar olib borish” loyihasi doirasida mazkur standartlar asosida Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida 0,5 ga maydonda 1 dona gidroponika issiqxonasi va 7 dona Nethouse quriladi.
Taqdimot yakunida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi hamda Koreya Xalqaro o‘simlikshunoslik instituti o‘rtasida mazkur standartlardan foydalanish bo‘yicha bitim imzolandi.