O'zbekiston-Tailand: Ipakchilik sektorida hamkorlik aloqalari yangi bosqichga olib chiqiladi
2024-10-26 12:10:00 / Yangiliklar
Unda ipakchilik sohasida ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Ma'lumot o'rnida, Tanyaluk Prommani – Tailand Qirollik oilasi bilan yaqin munosabatga ega, Tailand Qirolining qizi, malika Sirivannavarining do‘sti va maslahatchisi hamda Tailand ipagi elchisi maqomiga ega.
Shuningdek, u xalqaro maydonda o‘tkaziladigan tadbirlarda Tailand ipagini taqdim etishda Qirollik oilasi nomidan, Tailand vakili sifatida ishtirok etib keladi.
Uchrashuv avvalida rasmiy vakilga yurtimiz ipakchilik sektorida olib borilayotgan ishlar, ipakchilik korxonalariga berilgan imtiyoz va preferensiyalar xususida ma’lumot berildi hamda O'zbekiston va Tailand o'rtasida yo'lga qo'yiladigan hamkorlik aloqalari ikki tomon uchun ham manfaatli ekanligi ta'kidlab o'tildi.
O‘z navbatida Tanyaluk Prommani Tailand ipakchiligining vujudga kelishi, bugungi kundagi faoliyati hamda o‘zbek ipakchiligi va Tailand ipakchiligining o‘xshash jihatlari haqida gapirdi.
Shuningdek, muloqot davomida ipakchilik sektorida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasida takliflar o'rtaga tashlandi. Bunda asosan, o'zaro tajriba almashish, ipak mahsulotlarini import-eksport hajmini ko'paytirish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida Qahramon Yuldashev ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida berilgan har bir taklifni o'rganib chiqishga hamda bu borada hamkorlikka tayyor ekanligini ma'lum qildi. Bundan tashqari, ipakchilik sohasida Tailand investorlarini jalb qilish, o‘zaro hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasida keyingi harakatlar belgilab olindi.