Bolalarni oilalarga tarbiyaga olish tartibi
Hukumat qarori (451-son, 16.08.2022-y.) bilan Oilaviy bolalar uylari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
- Nizomga muvofiq, oilaviy bolalar uyi tuman (shahar) hokimi qarori bilan tashkil etiladi.
- Bolalarni oilaviy tarbiyaga olish istagida bo‘lganlar hokimlikka ariza beradi.
O‘zbekiston Respublikasining nikohdan o‘tgan, 35 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolari tutingan ota-onalar bo‘lishi mumkin.
- Oilaviy tarbiyalash uchun tug‘ilganidan boshlab 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar beriladi.
10 yoshga to‘lgan va undan yuqori yoshdagi bolalarni oilaviy bolalar uyiga faqat ularning roziligi bilan berish mumkin.
- Oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun 3 yoshdan kamida 3 nafar, lekin ko‘pi bilan 5 nafar bola beriladi.
- Oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilarning yashash xarajatlari Davlat byudjetidan qoplanadi.
Tutingan ota-onalarga har bir tarbiyalanuvchi bolaning yashash xarajatlari uchun har oyda 7 yoshgacha bolalarga BHMning 5 baravari, 8-18 yoshdagilar uchun BHMning 7 baravari miqdorida pul ajratiladi.