Fuqarolikdan chiqish

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining tugatilishi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish yoki fuqarolikni yo‘qotish sababli vujudga keladi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari yuzasidan qabul qilingan iltimosnomalar yoki arizalar O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid «E-Fuqaro» idoralararo ma’lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Fuqarolikdan chiqish uchun quyidagi organlarga murojaat etiladi:
- doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlariga;
- agarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi doimiy ravishda xorijda istiqomat qilsa, o‘zi yashab turgan mamlakatdagi O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasiga.
Fuqarolikdan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni chiqqan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqan yoki yo‘qotilgan deb hisoblanadi.