Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida beg‘araz ko‘makni jalb etish

OAVni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida beg‘araz ko‘mak deyilganda:
- yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy ehsonlari va boshqa ehsonlari;
- tashkilotlarning moliyaviy mablag‘lari va texnik ko‘maklashish doirasidagi mol-mulki, grantlari va boshqa beg‘araz yordami, shu jumladan safarlar, O‘zbekiston Respublikasi hududida va chet elda o‘tkaziladigan treninglar, seminarlar, konferentsiyalar bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni qoplash;
- beg‘araz xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish tushuniladi.
OAV tahririyatlari tomonidan bir yil mobaynida ko‘makning bir manbaidan olingan beg‘araz ko‘mak mablag‘lari summasi (natura ifodasida ko‘mak berilgan taqdirda — pul ifodasida qayta hisoblab chiqiladi) tahririyatning tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq yillik xarajatlar umumiy summasining 35 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
OAV tahririyatlari beg‘araz ko‘mak olingan kundan boshlab 1 oy mobaynida belgilangan miqdordan ortiqcha summani ko‘maklashgan shaxsga qaytarishi shart.