Protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalarga muhtojlik to‘g‘risida tibbiy xulosa

Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash davlat tomonidan beriladigan mablag‘lar hisobidan istalgan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini ishlab chiqarish va sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlardan tegishli protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini sotib olish imkoniyatini taqdim etuvchi sertifikat orqali amalga oshiriladi.
Muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining (TIEK) yoki Tibbiy-maslahat komissiyasining (TMK) muhtoj shaxslarning protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosasi asosida beriladi.
Bunda tibbiy xulosalar muhtoj shaxslarning doimiy yashash joyi bo‘yicha:
- pensiya yoshidagi muhtoj shaxslarga TMK tomonidan;
- 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarga — Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan;
- 18 yosh va undan katta yoshdagi nogironligi bo‘lgan shaxslarga — TIEK tomonidan beriladi.
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash Cxemasi
Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari ro‘yxati